Madridning “Real” klubi forvardi Garet Beyl mum figuralar muzeyiga kelganlarni chuv tushirmoqchi bo`ldi, deya yozmoqda News.day.az nashri.
Beyl Krishtianu Ronaldu figurasi yoniga turib oldi va odamlar ko`rgazma eksponatlari bilan suratga tushayotgan mahal “jonlandi”. Kutilmagan hodisadan cho`chib tushgan moziygoh tashrifchilari sal turib oldilaridagi figura chinakam Beyl ekanligidan tabassum qilishdi.






