1

Jan Reno “Xo`ja Nasriddin” filmida suratga tushadi

Madaniyat 14.05.2018, 12:35
Jan Reno “Xo`ja Nasriddin” filmida suratga tushadi

Fransiyalik super yulduz Jan Reno “Xo`ja Nasriddin” filmida suratga tushadi, deb xabar qilmoqda “Xalq So`zi” nashri.

Ushbu haqidagi kelishuvga Kann festivali doirasda erishilgan. Butun dunyo kinematograflarini bir erga to`plagan Kann xalqaro kinofestivalida O`zbekiston delegasiyasi Rossiyaning “Renovasio” kinokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolagan.

Ushbu memorandumga muvofiq 2018 yilda rossiyalik kinoijodkorlar o`zbek hamkasblari bilan birga O`zbekistonda “Xo`ja Nasriddin” filmining suratga olish ishlari boshlanadi.

“Renovasio” kinokompaniyasi prodyuseri Georgiy Malkovning ta`kidlashicha, rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan mazkur filmda rol ijro etish uchun super yulduz Jan Reno ham taklif etilgan. Jan Reno tomonidan mazkur taklif ijobiy qabul qilingan”, — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko`ra, “Xo`ja Nasriddin” loyihasida ijodiy va texnik guruhning yarmini o`zbekistonlik mutaxassislar tashkil etadi. Ushbu loyiha orali o`zbekistonlik mutaxassislar ish bilan ta`minlanishi, o`zaro tajriba almashishi, hamda xorijiy investisiyalarni jalb qilish kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1