1

Mirzacho`lda odam urib, qochib ketgan xaydovchi ushlandi

Jinoyat 14.05.2018, 15:02
Mirzacho`lda odam urib, qochib ketgan xaydovchi ushlandi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 2018 yil 10 may kuni noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani M-39 “Toshkent-Termiz” yo`lining 954-km.da haydab ketayotib, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, Mirzacho`l tumanida yashovchi, X.Ya.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, X.Ya. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi, K.N. o`zining “Neksiya” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1