Qirg`izistonning bir necha joylarida tinimsiz yoqqan jala tufayli suv toshqinlari yuz berdi, deya xabar qilmoqda 5-tv.ru nashri.
Loyqa suvlar Laylak tumanidagi 4 kilometrli yo`lni yuvib ketgan.
Chimgen qishlog`ida ikkita uy suv tagida qolgan, Isfana shahrida bir uyni suv olib ketgan.
Ak-Suuda jala tufayli 4 bosh qoramol yo`qolgan, qishloq butunlay elektr ta`minotisiz qolgan.
Tabiiy ofat yuz bergan zonada energetika xizmati va VVV xodimlari ish olib borishmoqda.






