AsosiyDunyo

Milla Yovovich maxluqlarga qarshi kurashadi

'Milla Yovovich maxluqlarga qarshi kurashadi'ning rasmi

“Yovuzlik makoni” va “Beshinchi unsur” filmlari yulduzi Milla Yovovich yangi kinoloyihani amalga oshirmoqchi deya xabar bermoqda Rambler nashri.

Aktrisa Milla Yovovich va uning turmush o`rtog`i rejissyor Pol Anderson yangi loyiha ustida ish olib borishmoqchi. “Yovuzlik makoni” franshizasi o`z nihoyasiga etgach, ikkovlon Monster Hunter videoo`yinining ekranizasiya ustida o`z ishlarini boshlaydilar.

Bosh rolni Milla Yovovich ijro etadi, kartina rejissyori – Pol Anderson.

Film syujetiga ko`ra, bosh qahramon qiz garchi oddiy odamlardan farqi bo`lmasa-da, tomirlarida kuchli ajdodlar qoni oqadi. Shunday qilib bosh qahramon fantastik olamda o`z mahluqlarni engishni o`rganishi lozim bo`ladi.


    Boshqa yangiliklar