AsosiyDunyo

Ulkan asteroid maksimal darajada Erga yaqinlashadi

'Ulkan asteroid maksimal darajada Erga yaqinlashadi'ning rasmi

Joriy yilning 15 mayida o`lchami 60 dan 130 metrgacha bo`lgan 2010 WC9 asteroidi Erdan xavfsiz masofadan uchib o`tadi.

Uning parvozi sayyoramizga maksimal darajada yaqinlikda kechadi.

Astronom olimlar WC9 asteroidini ilk bor 2010 yil 30 noyabrda aniqlagan va 10 dekabrga qadar uni kuzatib turishgan.

Oradan 8 yil o`tib, ya`ni joriy yilning 8 may kuni olimlar samoda asteroid aniqladi va uni ZJ99C60 deya nomladi. Kuzatuvlar jarayonida ZJ99C60 aslida 2010 WC9 asteroid ekanligi ma`lum bo`ldi.

Asteroidning sayyoramizga yaqinlashish masofasi 203453 kilometrni, ya`ni Er va Oy orasidagi masofaning 0,53 qismini tashkil etadi.

Jet Propulsion Laboratory NASA taxminicha keyingi safar 2010 WC9 asteroidi 300 yildan so`ng Erga shunday masofada yaqinlashadi.

Olimlarning ta`kidlashicha,katta xavf tug`diruvchi asteroidlarni erdagi teleskoplar orqali ko`rish imkonsiz bo`lib qolmoqda. Tadqiqotchilar Er atrofidagi ob`ektlarni bir nechta observatoriyalarda aniqlangan ma`lumotlarni tahlil qilgach shu xulosaga keldi.

    Boshqa yangiliklar