AsosiyDunyo

OAV: KXDR Pxungeridagi yadro poligonini yo`q qilishni boshladi

'OAV: KXDR Pxungeridagi yadro poligonini yo`q qilishni boshladi'ning rasmi

Amerikaning «38North» internet nashriga asoslanib, Shimoliy Koreya Pxungeridagi yadro poligonini tugatishni boshladi.

Ta`kidlanishicha, KXDR tomonidan yadro poligonini tugatish ishlari joriy yilning 23-25 may kunlarida amalga oshirilishi lozim edi. Ammo, sun`iy yo`ldoshdan olingan suratlarga ko`ra, bu tadbir 7 maydanoq boshlab yuborilgan.

Hozircha yadro poligonida foydalanib kelingan bir necha binolar qulatilgan. Temir yo`l, vagonchalar, aravachalar qismlarga ajratib tashlangan. Ammo, boshqaruv va ma`muriy ahamiyatga ega yirik inshootlarga tegilmagan. Qayd qilinishicha, bu binolar poligonni rasman yopilishida ishtirok etadigan chet ellik jurnalistlar uchun saqlanib turibdi. Chunki sinov tunnellarini portlatishida ulardan foydalaniladi.

Oldinroq, KMTA – Shimoliy Koreya agentligi mamlakatning Mehnat partiyasi joriy yilning 23-25 may kunlari Pxuengeridagi yadro sinovi o`tkaziladigan poligonni yopish to`g`risida qaror qabul qilganini xabar bergan edi. Mazkur qarorga ko`ra, belgilangan muddatda yadro poligonga kirish hududi va uning atrofidagi barcha ob`ektlar yo`q qilinadi. Xususan, sinov shaxtasi portlatilib, tadqiqot institutining poligondagi barcha er usti inshootlari, qo`riqlash posti va boshqa ob`ektlari ham buzib tashlanadi.

Poligonning rasmiy yopilish marosimida Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiya jurnalistlari ishtirok etishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar