Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`on rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga bordi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Turkiya rahbari poytaxt Londonga etib kelgach, Bukingem saroyida qirolicha Elizaveta bilan uchrashdi. Uch kunlik tashrifi davomida Rajab Toyib Erdo`g`on vaAngliya Bosh vaziriTereza Mey o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda inson huquqlari, terrorizmga qarshi kurash, migrasiya hamda mintaqaviy tinchlikni barqarorlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ikki tomonlama savdo aloqalarini yo`lga qo`yish to`g`risida xam so`z bordi.
Uchrashuv Angliya va Turkiya uchun "yaqin munosabatlar"nio`rnatish hamda mudofaa sohasida "umumiy manfaat " mavzusida muhokamalar olib borish uchun tashkil etildi. Bosh vazir Tereza Mey va Turkiya rahbari G`azodagi vaziyat xususida ham to`xtalib, zo`ravonliklar tufayli odamlar qurbon bo`layotganini ta`kidlashdi.






