Ilk bor Sya Boyyu o`zining orzusini 1975 yili amalga oshirishga intilgandi. U o`shanda 27 yoshda edi, deya ma`lum qilmoqda 5-tv.ru nashri.
O`shanda toqqa ko`tarilish jofia bilan tugagandi. Kuchli sovqotish oqibatida Sya ikkala oyog`idan ham ayrilgandi. Lekin bu uning cho`qqini zabt etish istagini o`ldirolmaydi. Uch yil ketma-ketlikda – 2014, 2015 va 2016 yillari xitoylik alpinist Er yuzidagi eng baland cho`qqini zabt etishga urinadi.
Har safar tabiat kuchlari Syaning orzusini chippakka chiqaraveradi. Shundan so`ng bir yil o`tib, Sya Boyyu oyoqsiz ravishda Everestni zabt etdi.






