“Ichkarida” seriali bosh qahramoni Sarp rolini ijro etgan Chag`otoy Ulusoy ustidan sud hukmi o`qildi.
Bu haqida qalampir.uz sayti, “Haber7” nashri bergan ma`lumotlarga asoslanib yozmoqda.
Gap shundaki, Chag`otoy Ulusoy bir necha yillardan beri “qora dori” biznesi bilan shug`ullanib kelgan. U bilan birga Turkiyaning yana ikki nafar taniqli shaxslari - Gizem Karaja va Jenk Erenga nisbatan ham qora ishlariga munosib jazo tayinlandi.
Har uch san`atkor Turkiya Jinoyat kodeksining “giyohvand modda savdosi bilan shug`ullanganligi uchun” moddasi bilan aybdor deb topildi.
Unga ko`ra, “Ichkarida” o`z kasbini o`zgartirib, jamiyatni qora kuchlardan tozalash uchun jonini fido qilishga ham tayyor Sarpni ijro etgan Chag`otoy Ulusoy bir necha yillardan beri “qora dori” biznesini yuritib kelayotganligi aniqlangan. Unga sud 4 yilu 2 oy qamoq jazosi tayinladi.

“Muhtasham yuz yil” va “Sevgi iztirobi” serialllari orqali o`zbek tomoshabinlariga tanish Gizem Karaja ham xuddi shu biznes turini “gullatish”dagi ishtiroki uchun shuncha yil vaqtini panjara ortida o`tkazadigan bo`ldi.
Taniqli xonanda Jen Eren esa “hamtovoqlari”dan ko`ra ko`proq ozodlikdan mahrum etildi. U endi 6 yilu 3 oylik umrini qamoqda o`tkazadi. Sud vakilining aytishicha, jazo tayinlashda jinoyatchilarning mashhurligi inobatga olinmagan.
“Chunki qonun barcha uchun barobar. Ular belgilangan jazoni o`tashga majburdirlar”, deydi sud vakili.






