AsosiyJamiyat

Ochiq sayyor sud majlisida jinoyatga qo`l urgan ayolning jazosi engillashtirildi

'Ochiq sayyor sud majlisida jinoyatga qo`l urgan ayolning jazosi engillashtirildi'ning rasmi

2018 yil 15 may kuni “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” mas`uliyati cheklangan jamiyatining “Neftchi” madaniyat saroyida jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudi sudyalari, sud xodimlari va jinoyat ishlari bo`yicha Quva tuman sudining raisi ishtirokida “Korrupsiya va davlat boshqaruvidagi jinoyatlar tushunchasi”, “Ayollar tomonidan jinoyatlar sodir etilishini oldini olish choralari” mavzusida hamda “Sud tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo`yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`RQ-470-sonli Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan “Ochiq-muloqot” o`tkazildi.

Ochiq muloqotda “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” mas`uliyati cheklangan jamiyati ishchi-xodimlari va Farg`ona Politexnika Institutining o`qituvchi hamda talabalari qatnashdilar.

Uchrashuv qatnashchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga soha xodimlari tomonidan tegishli javoblarni oldilar, shuningdek sud xodimlari sudyalarni xalq bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot o`rnatishi hamda fuqarolarni odil sudlovga erishish darajasini amalga oshirilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini tushuntirib o`tdilar.

Ochiq-muloqotdan so`ng, sayyor sud majlislarini shaffofligini va ochiqligini namoyish qilish maqsadida, jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining apellyasiya sudlov hay`ati O`zbekiston Respublikasi JK 481-moddasining 6-qismi tartibida boshqa jazo turiga almashtirilgan F.Abduraxmonovaga oid ish materiallarini ko`rib mazmunan hal etdi.

Apellyasiya sudlov hay`ati, F.Abduraxmonovaning shaxsi ayol ekanligini, harakatlaridan pushaymonligini, qaramog`ida voyaga etmagan farzandi borligini hamda Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligini, onalik va bolalik har tomonlama qo`llab-quvvatlanayotganligini inobatga olib, unga nisbatan qo`llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasini bekor qilib, sud majlisida qamoqdan ozod qildi.

    Boshqa yangiliklar