AsosiyDunyo

AQShdagi noqulay ob-havo oqibatlari

'AQShdagi noqulay ob-havo oqibatlari'ning rasmi

AQShning shimoli-sharqiy hududlarida noqulay ob-havo sharoiti davom etmoqda, deya xabar qildi IVI.RU nashri.

So`nggi xabarlarga qaraganda, Nyusburgda ro`y bergan to`fon natijasida bir kishi halok bo`ldi.

Kuchli bo`ron tufayli Nyusburgda bir qator talofatlar qayd etilgan. Hudududa daraxt va simyog`ochlar uylar ustiga qulaganini ko`rish mumkin. Tabiy ofat tufayli 11 yoshli qizaloq hayotdan ko`z yumdi. U ustiga ulkan daraxt qulagan avtomobil ichida bo`lgan. Qutqaruv xizmatiga shunga o`xshash holat bilan bog`liq 50 ta xabar kelib tushgan.

Bo`ronlar, shuningdek, Kingston, Virjiniya, Pensilvaniya, Nyu-Jersi kabi shtatlarda ham ro`y bermoqda. Soha mutaxassislari mazkur vaziyat kelasi haftaga qadar davom etishi mumkinligini xabar qilishgan. Shuningdek, ayrim joylarda elektr energiyasi uzilishi holatlari ham qayd etilmoqda. Shtatlarda temiryo`l qatnovi vaqtinchalik to`xtatilgan bo`lsa, Flight Aware kompaniyasi tomonidan 3 ta yo`nalish bo`yicha parvoz qiluvchi 500 dan ortiq aviareyslar bekor qilingan.

    Boshqa yangiliklar