O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzyoevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida Vashingtondagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy bitimlarni o`z ichiga olgan 40 dan ziyod hujjat imzolandi. Eng yirik shartnomalardan biri sanoatda quyosh energetikasi loyihalarining eng muvaffaqiyatli va yirik ishlab chiqaruvchilardan biri bo`lgan “Sky Power Global” kompaniyasi bilan imzolandi. Kompaniya quyosh batareyalari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish, shuningdek, O`zbekistonda foto-elektr stansiyalarini qurishni rejalashtirmoqda. Loyiha 1000 MVt quvvatga ega quyosh elektrostansiyalarini DXSh tamoyillari asosida qurishni ko`zda tutadi va 1,3 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.
“Sky Power Global” kompaniyasi prezidenti Kerri Alder “Uzbekistan Today”ga bergan intervyusida O`zbekistonda loyihaning o`ziga xos xususiyatlari va ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida gapirib berdi:
– O`zbekiston serquyosh mamlakat. Bu erda yiliga 340 quyoshli kun bo`ladi, harorat va iqlim bunday loyihani amalga oshirish uchun ayni muddaodir. Bizning fikrimizcha, quyosh energiyasidan foydalanish nafaqat “yuz foiz investisiyalar”, balki yaqin kelajakda o`zini oqlaydigan sarmoyadir. Bugun O`zbekiston jadal sur`atlar bilan rivojlanmoqda, Prezident Shavkat Mirziyoevning islohotlari esa energetika sohasining samarali rivojlanishiga turtki beradi. Mamlakatingiz rahbarining O`zbekistonda quyosh energiyasining rivojlanishi haqidagi aniq tushunchasi va tafakkuriga ega ekanligini hamda “Sky Power” O`zbekiston bozoriga kirishi bilan u bilan birga boshqa o`nga yaqin istiqbolli kompaniyalar ham qo`shilishiga ishonaman. Men buni juda ajoyib deb bilaman. Biz O`zbekistonda yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etish, ish o`rinlari yaratish, mutaxassislar tayyorlash va O`zbekistonda iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalarni rivojlantirishga tayyormiz.