AsosiyDunyo

Dunyo siyosatchilarining Tramp bilan “qo`l janglari”

'Dunyo siyosatchilarining Tramp bilan “qo`l janglari” 'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp o`zining qo`l siqishi bilan mashhur, u qo`l berib ko`rishganida ko`rishayotgan odamni o`ziga tortish odatiga ko`pchilik e`tibor bergan, deb yozadi Sputnik nashri.

Trampning qo`l berib so`rashishlari bilan bog`liq bir nechta kulgili vaziyatlar ham sodir bo`lgan.

O`tgan yili Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Donald Tramp bilan “qo`l jangi”da g`olib bo`lgandi.

Saudiya Arabistoni poytaxtida bo`lib o`tgan musulmon davlatlari va AQSh sammitida Rahmon Trampni ishonch bilan o`ziga tortgan va uning “qopqoni”ga tushmagandi.

Kuni kecha O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Vashingtonga rasmiy tashrif bilan keldi. Oq uyda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Amerika etakchisi O`zbekiston prezidentini Oq uy ostonasida kutib oldi va ular qo`l berib so`rashishdi.

Tramp Mirziyoev bilan qo`l berib so`rashish jarayonida odatiga xilof ravishda O`zbekiston Prezidentining qo`lini siltab o`ziga tortishga urinmadi. Oq uydagi tantanali nutqdan so`ng ham prezidentlar qo`l berib so`rashishdi, lekin barchasi risoladagidek o`tdi.

    Boshqa yangiliklar