Evrokomissiya Fransiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Vengriya va Rumiyaga qarshi sudga da`vo arizasi kiritdi. Mazkur davlatlar havoning ifloslanish darajasini belgilangan me`yordan oshirganlikda ayblanmoqda. Ayni vaqtda sud jarayoni boshlangan.
Qayd etilishicha, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Vengriya va Ruminiya davlatlari bundan buyon havoning ifloslanish darajasini kamaytirish choralarini ko`rmasa, ularga katta miqdorda jarima belgilanadi. Hozircha Ispaniya, Slovakiya va Chexiya Evrokomissiya kuzatuvida qoladi.
Ma`lum bo`lishicha, o`tgan 2017 yilda Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya shaharlari havosining tarkibida azot oksidining miqdori belgilangan me`yordan 2-2,5 baravar oshib ketgan bo`lgan. Bunga asosiy sabab dizel yonilg`isida harakatlanadigan avtomobillar bo`lib, ular chiqarayotgan chiqindi gazlar havoni bulg`ashda davom etmoqda.
Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, sayyoramizda havonining ifloslanishidan kelib chiquvchi kasalliklardan yiliga 7 millionga yaqin inson vafot etmoqda. Ularning 400 mingdan ziyodi evropalikdir.
18.05.2018 09:18
Evrokomissiya qator davlatlarni sudga berdi






