AsosiyDunyo

BMT: G`azo sektorida 30 martdan buyon 87 nafar falastinlik halok bo`ldi

'BMT: G`azo sektorida 30 martdan buyon 87 nafar falastinlik halok bo`ldi'ning rasmi

Isroil harbiylari G`azo sektorida olib borayotgan harakatlarda joriy yilning 30 martidan buyon 87 falastinlik halok bo`lgan. Qurbonlar orasida 12 nafar bola ham bor. Jarohat olganlar soni 12 mingdan ziyod.

BMTning maxsus sessiyasida tashkilotning Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn shular haqida ma`lum qilgan.

Oliy komissarning ta`kidlashicha, falastinlik qurbonlar soniga oid ushbu ko`rsatkich 2014 yildan buyon solishtirganda eng yuqorisi bo`lib turibdi.

BMT sessiyasida “Falastin hududida inson huquqlari bilan bog`liq vaziyat yomonlashayotgani” bo`yicha maxsus sessiya o`tkazish to`g`risidagi so`rovda tashkilot kengashining amaldagi 47 a`zosidan 25 tasi yoqlab ovoz bergan. Kengash shartiga ko`ra maxsus sessiyani chaqirish uchun amaldagi a`zolarning kamida 16 tasi yoqlab ovoz berishi lozim.

RIA Novosti BMTning navbatdagi maxsus sessiyasi qachon o`tkazilishiga aniqlik kiritmagan.

    Boshqa yangiliklar