Nagoya shahar hokimi Takishito Kavamuragi: O`zbekistonni bir bor ko`rish orzuim

Madaniyat 19.05.2018, 14:36
Nagoya shahar hokimi Takishito Kavamuragi: O`zbekistonni bir bor ko`rish orzuim

Yaponiyada bo`lib o`tayotgan “O`zbekiston haftaligi” Nagoya shahrida ham davom etmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Haftalik doirasida O`zbekiston delegasiyasi a`zolarining Nagoya shahar hokimi Takishito Kavamuragi bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

86be2f76-e749-4d85-9b5d-5e7eadb3bfa6.jpg

“O`zbekiston boy tarixga ega mamlakat. Jahon ilm-fani rivojiga munosib hissa qo`shgan ulug` mutafakkirlarga beshik bo`lgan diyorni, uning maftunkor tabiati va ochiq osmon ostidagi muzey deya ta`riflanadigan shaharlarni bir bor ko`rish orzuyim”, deya qayd etdi T.Kavamuragi.

Shu kuni shaharning “Seishonen Bunka” markazida O`zbekiston san`ati ustalarining badiiy chiqishlari, milliy hunarmandchilik buyumlari ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Unda namoyish etilgan milliy liboslar, ganj o`ymakorligi va buyumlar ko`rgazmasi, kashtachilik namunalari yaponiyalik ishtirokchilarda katta qiziqish uyg`otdi.

deafd620-400d-4a33-aa6f-647e31d9273f.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1