AsosiyDunyo

Tonnelga kirgan ikki velosipedchi poezddan arang qutulib qolishdi (Video)

'Tonnelga kirgan ikki velosipedchi poezddan arang qutulib qolishdi (Video)'ning rasmi

Ikki braziliyalik velosipedchi tonnelga kirib, poezd tagida qolib ketishlariga bir bahya qoldi, deya xabar qildi Daily Mail nashri.

Video Jedson Jil Miranda (Jedson Gil Miranda) tomonidan velosiped shlemiga o`rnatilgan kamera yordamida suratga olingan. Kadrlarda u hamrohi bilan tonnelga kirganini ko`rish mumkin. Bir necha soniyadan so`ng esa poezdning yaqinlashayotgani eshitiladi. Ikkovlon esa tonneldan chiqishga arang ulguradi.


Boshqa yangiliklar