Bruklinlik Jon Bann o`smirligida qotillikda nohaq ayblanib, qamalgan edi, deya yozmoqda Ren.tv nashri.
Jon qamoqda 18 yil “o`tiradi”.
Yaqinda bo`lib o`tgan sudda esa uning aybi yo`qligi aniqlanib, oqlandi. Sud zalida o`zini tutib turolmagan amerikalik yig`lab yubordi va sudyaning qo`lini ushlab, tashakkur bildirdi.
Ushbu ishni olib borgan Nyu-York polisiyasi xodimiga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi.






