AsosiyDunyo

Kech qolgan turist samolyotning eshigini buzmoqchi bo`ldi (Video)

'Kech qolgan turist samolyotning eshigini buzmoqchi bo`ldi (Video)'ning rasmi

O`z reysiga kech qolgan turist samolyotning eshigini buzmoqchi bo`ldi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

Melburn aeroportida reysga bir necha soat kech qolgan yo`lovchi samolyotni shturmga ola boshladi.

Yo`lovchi avvalboshda aeroport binosida cheka boshladi, so`ngra qo`riqchilarni itarib, avialayner tomon yugurdi.

Shundan so`ng u samolyotning eshigini sindirishga tushdi. Vaqtida etib kelgan xodimlar uni qo`lga olishdi.

Muhandislar samolyotni tekshirib ko`rib, parvozga ruxsat berishdi.


Boshqa yangiliklar