Grozniy shahridagi Mixail Arxangel cherkoviga4 nafar qurollangan shaxslar bostirib kirishga urinishdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Ular bino eshiklarini va derazalarini sindirishgan. Ichkaridagi odamlar esa yashirinishga muvaffaq bo`lgani sababli odamlarga zarar etmadi.
“Men hujum boshlanishi bilan odamlarga eshikni ichkaridan yopinglar va tezroq biror joyga yashirininglar, deb bor ovozim bilan baqirdim. Hammasi juda tez sodir bo`ldi”, dedi voqeaga guvoh bo`lgan erkak.
Xabarlarga qaraganda, jinoyatchilarcherkovdagi odamlarni garovga olishni maqsad qilishgan edi.Cherkovga kirishga uringan terorchilar va qo`riqlash xizmati xodimlari o`rtasida otishma sodir bo`ldi, natijada ikki nafar polisiya xodimi halok bo`lgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, jinoyatchilarning bari voqea joyida yo`q qilingan. Maxkur hodisa uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o`z zimmasiga oldi.






