48 yoshli Kami Rita Sherpa 13 nafar alpinistlar jamoasi bilan birga 16 may kuni Everest cho`qqisiga ko`tarilishni boshlagan edi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.
U 8,850 metr balandlikka ko`tarilgan.Kami Rita Sherpa xorijiy turistlarga tog`li tizmalarda yo`lboshchilik qilib kelgan. U katta qiyinchiliklarga qaramasdan o`z maqsadiga erishdi va yangi jahon rekordini o`rnatdi. Bu Everest cho`qisining 22 bora zabt etilishidir.
“Men o`zim va mamlakatim uchun harakat qildim. Bu mening ko`p yillik orzuyim edi”, dedi Kami Rita.
Dunyodagi eng baland tog` cho`qqisiga ko`tarilib, belgilangan vazifa amalga oshirilgach, Kami Rita Sherpa o`z uyiga, Katmanduga qaytib keldi. Uni oila a`zolari, yaqinlari va keng jamoatchilik vakillari tantanali tarzda kutib olishdi.






