Poytaxtimizda “Umid nihollari – 2018” sport o`yinlarining final bosqichi yoshlik va sport bayrami sifatida o`tkazildi.
Musobaqalar sportning 21 turi – badiiy gimnastika, badminton, basketbol, boks, voleybol, dzyudo, engil atletika, og`ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvondo, futbol, shaxmat, erkin va yunon-rum kurashi, qo`l to`pi, kurash, turon, belbog`li kurash, o`zbek jang san`ati bo`yicha o`tkazildi. E`tiborli jihati, musobaqada o`quvchilar asosan Olimpiada dasturidan joy olgan sport turlari bilan bir qatorda milliy sport turlarimiz bo`yicha o`z mahoratini namoyish etdi.
Hayajonli, orziqib kutilgan daqiqalar keldi. “Umid nihollari – 2018” sport o`yinlarining g`olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo`ldi. Chilonzor tumani jamoasi birinchi o`ringa sazovor bo`ldi va Prezidentimiz sovg`asi – “Damas” avtomobili bilan taqdirlandi. Yunusobod tumani vakillari ikkinchi, Mirobod tumani sportchi yoshlari uchinchi o`rinni egalladi.
Jahon va qit`a chempionlari hamda sovrindorlarining ko`rgazmali chiqishlari, san`at namoyandalari ijrosidagi qo`shiq va raqslarda O`zbekiston yoshlariga xos intilish, g`ayrat-shijoat, jo`shqinlik va nafosat namoyon bo`ldi.Z. Qosimova - Qashqadaryo viloyati






