Dasturning afzalligi shundaki, jigar etishmovchiligi bilan og`rigan bemorlarni kasalxonaga qabul qilishda tashxislash va optimal davolash usulini tanlashda juda qo`l keladi.
Ushbu yangi yaratilgan dastur tibbiyot fanlari doktorlari Sarvar Irmatov va Ravshan Ibodovning ilmiy izlanishlari natijasidir. Dasturning afzalligi shundaki, jigar etishmovchiligi bilan og`rigan bemorlarni kasalxonaga qabul qilishda tashxislash va optimal davolash usulini tanlashda juda qo`l keladi.
– Bemorlarni muolaja qilishda uning kasallik tarixi muhim hisoblanadi, – dedi tibbiyot fanlari doktori Sarvar Irmatov. – Bu dastur shu jihatdan bemor uchun ham, davolovchi shifokor uchun ham qulaylik tug`diradi. Masalan, jigar etishmovchiligi bilan og`rigan bemor dastur asosida ro`yxatga olinib, unga tekshiruv natijasi kiritiladi. Aynan shu dastur orqali davolash usuli aniqlanadi va bemor muolaja qilinadi. Bemorning kasallik tarixi, davolangan jarayoni dastur xotirasida saqlab qolinadi.
Yaqinda dastur mualliflariga O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan DGU 05084 raqamli guvohnoma berilgani bu yangilikning o`ziga xos amaliy ahamiyat kasb etishidan dalolatdir.






