AsosiyDunyo

Janubiy Koreya afsusda...

'Janubiy Koreya afsusda...'ning rasmi

Pxungeridagi yadro poligonining rasmiy yopilish marosimida o`z jurnalistlari qatnasha olmayotganidan Janubiy Koreya afsusda.

Qayd etilishicha, KXDR tomonidan taklif etilganiga qaramay Janubiy koreyalik jurnalistlar 23-25 may kunlari Pxungeridagi yadro poligonining rasmiy yopilish marosimida qatnasha olmaydi.

Bayonotda shuningdek, hukumat KXDRning Koreya yarim orolini yadroqurolsizlantirishni yakunlash va tinchlikni ta`minlashda amaliy qadam qo`yishidan umidvorligi ta`kidlangan.

Joriy yilning aprel oyida Janubiy va Shimoliy Koreya o`rtasida o`tkazilgan oliy darajadagi sammitda Kim Chen In Mun Chje Inga Pxungeridagi yadro poligonini yopishni va`da qilgan edi. Shundan sal vaqt o`tib KXDR Mehnat partiyasi ayni va`dani rasmiy qaror bilan qo`llab-quvvatladi. Ammo, Pxenyan AQSh va Koreya Respublikasi o`tgan haftalarda o`tkazgan harbiy-o`quv mashg`ulotlarni ro`kach qilib Shimol va Janub vazirlarining yuqori darajadagi muzokaralarini qoldirdi. Kim Chen In va Donald Trampning 12 iyunda Singapurda bo`ladigan uchrashuvi taqdiri ham noma`lumligicha qolmoqda.

Eslatib o`tamiz, kecha TASSning ism-sharifi va lavozimi oshkor etilmagan manbasi Pxenyan Pxungeridagi yadro poligonining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etadigan har bir Janubiy koreyalik jurnalist uchun viza to`lovi sifatida 10 ming dollardan talab qilayotganini ma`lum qilgan edi. Vaholanki, avval boshda Shimoliy Koreya chet ellik jurnalistlar delegasiyasi sarf-xarajatlarini o`z zimmasiga olgan bo`lgan.

O`z.A

    Boshqa yangiliklar