Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimligi, Xalq deputatlari tuman Kengashining “Taqiyatas xabarlar” gazetasining birinchi soni chop etildi. Qoraqalpog`iston Respublikasida nashr etilayotgan gazetalarning soni 44 taga etdi.
Gazeta A-3 formatda bir oyga ikki marotaba, qoraqalpoq va o`zbek tillarida chiqadi. Gazetada asosan tumanning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy turmushiga oid xabarlar, respublika va tuman hayotiga oid muhim hujjatlar chop qilinadi.
Eslatib o`tamiz, Taxiatosh tumanini tashkil qilish masalasi 2017 yil 11 avgust kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining XVII sessiyasida deputatlar tomonidan ko`rib chiqilib ma`qullangan. Avval Xo`jayli tumaniga qarashli bo`lgan Taxiatosh shahri Xo`jayli tumanining “Keneges”, “Sarayko`l”, “Naymanko`l” qishloq fuqarolari yig`inlarining birlashtirilishi bilan tumanga aylantirilgan.
O`zA