AsosiyDunyo

Mark Sukerberg va Evroparlament rahyuarlari bilan uchrashdi

'Mark Sukerberg va Evroparlament rahyuarlari bilan uchrashdi'ning rasmi

Facebook ijtimoiy tarmog`i asoschisi Mark Sukerberg Evropa parlamenti rahbarlari bilan uchrashdi, deya malum qildi Ren.tv nashri.

Bayonot chog`ida Sukerberg turli savollarga javob bergan.

Uchrashuv chog`ida Evroparlament rahbarlari Facebookni tartibga solish kerakmi yoki yo`q, degan savollariga Mark Sukerberga tizimni tartibga solish muhim va muqarrar, deya javob berdi.

Mark Sukerberg:

– Bilasizmi, eng muhimi, foydalanuvchilarni himoya qilish va tartibga solingan tizimlarga moslashuvchan bo`lish. Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqdan biror saylovlarga aralashishda foydalanishlariga yo`l qo`ymaslikni ustuvor vazifa, deb hisoblaydi. Ayni vaqtda biz mingga yaqin dasturni tahlil qilib, 200 dan ko`prog`ini to`xtatdik. Berilayotgan ayrim savollarga javobni o`ylab ko`rishim kerak.

Shuningdek, u 25 mayga qadar Facebookning yangi umumiy ma`lumotini muhofaza qilish to`g`risidagi nizomni muvaffaqlashtirishini e`lon qiladi.

U dasturlar yaratuvchilari bundan bu yog`iga Cambridge Analytica bilan yuz bergan holat kabi boshqa takrorlanmasligiga va`da berdi va kompaniya shunday imkoniyatlarga ega boshqa dasturlarni ham o`rganayotganini qo`shimcha qilgan. Sukerberg oxirgi ikki yil davomida kompaniya ijtimoiy tarmoqda turli vositalardan suiiste`mol qilinishining oldini olish uchun etarlicha ish qilmaganini tan olgan. Uning ta`kidlashicha, kompaniya joriy yil oxirigacha tarmoqda xavfsizlikni ta`minlash vazifalari bilan shug`ullanuvchi xodimlari sonini ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar