AsosiyJamiyat

“Kitob bayrami”da FVV xodimlari ham ishtirok etishdi

'“Kitob bayrami”da FVV xodimlari ham ishtirok etishdi'ning rasmi

Hozirgi kunda yurtimizda yoshlarni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo`sha oladigan malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay zamin bo`lmoqda.

Shu munosabat bilan 2018 yil 25 may kuni Toshkent shahrining markazlarida «Adabiyotga e`tibor — kelajakka, ma`naviyatga e`tibor» shiori ostida Respublika «Kitob bayrami» o`tkazilmoqda. Bu bayramda ko`plab nufuzli tashkilotlar bilan bir qatorda O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari ham ishtirok etib, mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan etakchi nashriyotlarda so`nggi yillarda chop etilgan mumtoz adabiyot namunalari, eng sara adabiy-badiiy asarlar va ensiklopedik adabiyotlarning taqdimotlari bilan tanishib, o`zlariga ulkan ma`naviy ozuqa olishdi.

– Men bugungi “Kitob bayrami”ga kelib o`zimga juda katta ma`naviy va madaniy ozuqa oldim. Kitob – bu ko`ngil chirog`i xisoblanadi. Shuni inobatga olib, men oilamga va farzandlarimga bir qancha kitoblar sotib oldim va bu kitoblar farzandlarimning ma`naviyatini yuksaltirishda yordam beradi, – deydi serjant O. Allomov.

Bayram doirasida taqdim etilgan bir qator adabiyotlar bayramga kelgan ishtirokchilarda katta qiziqish uyg`otdi. Bayram davomida ishtirokchilar tomonidan ko`plab adabiyotlar xarid qilindiki, bu ularning ma`naviy olamini boyitishga xizmat qilishi, shubhasiz.

    Boshqa yangiliklar