1

Bekobod tumanida kollej o`quvchisi qotillik sodir etdi

Jinoyat 24.05.2018, 16:58
Bekobod tumanida kollej o`quvchisi qotillik sodir etdi

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 23 may kuni soat 01.00larda “Taqachi” MFYda yashovchi Texnika iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 3-kurs o`quvchisi Sh.E. shu MFY Gulzor ko`chasida o`zaro janjal oqibatida 11-sonli maishiy kasb-hunar kolleji 3-kurs o`quvchisi A.A.ning ko`krak qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.

Natijada A.A. voqea joyida vafot etgan. Sh.E. ushlangan. Ushbu favqulotda holat Toshkent viloyati huquqni muhofaza qilish organlari va Xalq ta`limi boshqarmasi rahbar xodimlari ishtirokida muhokama qilinib, yoshlar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatchilikning oldini olish haqida chora tadbirlar belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1