AsosiyJamiyat

Bozorlarda deputatning tanqidiga nima sabab bo`ldi?

'Bozorlarda deputatning tanqidiga nima sabab bo`ldi?'ning rasmi

Qonunchilik palatasi deputati Jamshid Pirmatov “Yunusobod dehqon bozori” hamda “Oloy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidan qoniqmadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati xabar berishicha, hududlardagi o`rganish jarayonlari, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar qizg`in ruhda o`tmoqda. Yunusobod tumanidagi uchrashuvlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jamshid Pirmatov “Yunusobod dehqon bozori” hamda “Oloy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy holati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur bozorlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub`ektlariga savdo-sotiq qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo`lsa-da, o`rganishlar davomida ayrim kamchiliklar ham borligi ma`lum bo`ldi. Masalan, Yunusobod dehqon bozori hududidagi bir qancha tadbirkorlar tomonidan (umumiy ovqatlanish) sanitariya-gigiena talablariga umuman javob bermagan holda oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotganligi ma`lum bo`ldi.

Shuningdek, Oloy dehqon bozori hududidagi ayrim savdo-sotiq bilan shug`ullanayotgan fuqarolar bozorda bo`sh rastalar bo`lishiga qaramay erda savdo qilayotganliklari aniqlandi. Mazkur bozorning nazoratchilari tomonidan soat 11:30 bo`lishiga qaramay bozor hududida savdo qilayotgan shaxslarga “joy haqi” (patta) ya`ni bank cheki berilmaganligi ma`lum bo`ldi. Ushbu bozor hududidagi Toshkent shahar veterinariya boshqarmasi, veterinariya-sanitariya ekspertiza labaratoriyasi faoliyatini o`rganilganda ham jiddiy kamchiliklar borligi aniqlandi. Soat 11:00da sotilayotgan mahsulotlarning bir qancha namunalari olingan bo`lsa-da, tegishli tartibdagi qoida va normalari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi ekspertiza labaratoriyasining xulosalari berilmagan.

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish bo`yicha bozor mas`ullariga tegishli ko`rsatmalar berildi.

O`zA

    Boshqa yangiliklar