1

Payariqda YPX inspektori nega qasddan o`ldirildi?

Jinoyat 25.05.2018, 14:54
Payariqda  YPX inspektori nega qasddan o`ldirildi?

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 24 may kuni soat 12.05larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida jinoyat yuz berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, telefonda gaplashib mashinani boshqarib borayotgan haydovchi shu erda xizmat vazifasini o`tayotgan Samarqand viloyati yo`l-patrul xizmati inspektori I.N. tomonidan yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash maqsadida to`xtatilgan. Haydovchi esa xodimning to`xtash ishorasiga bo`ysunmay harakatni davom ettirgan va natijada safdor I.N.ni qasddan urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Shundan so`ng safdor I.N. jarohat olgan. Ko`p vaqt o`tmay, kasalxonada vafot etgan. Ko`rilgan choralar natijasida “Damas” rusumli avtomashinaning egasi S.Sh. ekanligi aniqlanib ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1