1

Samarqand viloyatida haydovchi YPX xodimini urib yubordi

Jinoyat 26.05.2018, 10:49
Samarqand viloyatida haydovchi YPX xodimini urib yubordi

24 may kuni soat 12.05larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida “Damas” rusumli avtomashinasini telefonda gaplashib boshqarib kelayotganligi sababli, shu erda xizmat olib borayotgan Samarqand viloyati Yo`l patrul xizmati inspektori I. Nishonov tomonidan yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash maqsadida to`xtatilganida haydovchi xodimning to`xtash ishorasiga bo`ysunmay harakatni davom ettirib, safdor I.Nishonovni qasddan urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan.

Natijada safdor I.Nishonov jarohat olib kasalxonada vafot etgan. Ko`rilgan choralar natijasida “Damas” rusumli avtomashinani egasi S.Sh. ekanligi aniqlanib ushlangan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1