1

Toshkentda motosikl olib qochgan kollej o`quvchisi daraxtga urilib, halok bo`ldi

Jinoyat 26.05.2018, 11:20
Toshkentda motosikl olib qochgan kollej o`quvchisi daraxtga urilib, halok bo`ldi

Toshkentda ikki nafar kollej o`quvchisi motosikl olib qochdi, ulardan biri halok bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarga ko`ra, 22 may kuni kollej o`quvchilari M.Yu. va K.M. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida “Max Exem” MChJ binosi oldida qarovsiz qoldirilgan “Yamaha” rusumli motosikllarni haydab qochishgan.

M.Yu. motosiklni Cho`ponota ko`chasida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo`l chetidagi daraxtga borib urilgan va voqea joyida vafot etgan.

Uning sherigi K.M. ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1