Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, seldan zarar ko`rgan bino va inshootlarni qurilish va ta`mirlash ishlariga 7 mlrd. so`m mablag` talab etilishi aniqlandi, deb yozadi "Zarafshon" nashri.
Bugungi kunda talofat ko`rgan xonadon va boshqa infratuzilma ob`ektlarida qurilish-obodonlashtirish ishlari jadal yo`lga qo`yildi. Talab etiladigan mablag`lar mahalliy byudjet va boshqa manbalar hisobidan qoplanishi ko`zda tutilgan.
Ushbu qishloqlarda qurilish, ta`mirlash va obodonlashtirish, ijtimoiy va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi ob`ektlarini joriy yilning 1 avgustiga qadar foydalanishga topshirilishi ta`minlanadi.
Eslatib o`tamiz, joriy yil 15 maydan 16 mayga o`tar kechasi kuchli sel kelishi oqibatida 71 ta, shundan 49 ta Girdiqo`rg`on, 10 ta Jom, 7 ta Tegirmonboshi va 5 ta Omondara mahallalaridagi aholi xonadonlari va tomorqalariga zarar etgan edi.