Buxoroda o`zining fermer xo`jaligidagi dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan shaxsning “faoliyati”ga chek qo`yildi.
G`ijduvon tuman IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan “Tun” tadbiri davomida G`ijduvon tumani Guliston MFYda yashovchi, 1964 yilda tug`ilgan nafaqadagi Bobomurod Xudoyberdiev o`zining Havzak MFY, Mazoragasak qishlog`ida joylashgan Hazorbog` fermer xo`jaligidagi dala shiyponida 80.000 so`m pul evaziga shu tumanda yashovchilar fuqarolar 1992 yilda tug`ilgan S.A., 1997 yilda tug`ilgan O.O., 1998 yilda tug`ilgan J.D., 1985 yilda tug`ilgan N.M. hamda 1995 yilda tug`ilgan B.I.larning jinsiy aloqada bo`lishlariga sharoit yaratib berib, qo`shmachilik jinoyatini sodir qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan B.Xudoyberdievga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






