1

Xorazmda ikki shaxs IIB xodimlarini do`pposlab, ularga jarohat etkazishdi

Jinoyat 28.05.2018, 12:20
Xorazmda ikki shaxs IIB xodimlarini do`pposlab, ularga jarohat etkazishdi

Xorazmda 25 may kuni ikki shaxs IIB xodimlariga qarshilik ko`rsatib, ularga jarohat etkazishdi, deb xabar qildi O`zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarda aytilishicha, Yuqorido`rmon qishlog`idan oqib o`tuvchi "Amudaryo" daryosi bo`yida Chandirqiyot qishlog`ida yashovchi, muqaddam 3 marotaba sudlangan, J.S. va ukasi, muqaddam 2 marotaba sudlangan, H.S. mast holda shu erda dam olayotgan fuqarolar bilan janjallashayotganliklari holati yuzasidan chaqiruv asosida voqea joyiga Urganch tuman IIBdan 2 nafar profilaktika inspektori etib kelib, surishtiruv ishlari olib borayotganlarida J.S. va H.S. xodimlarga qarshilik ko`rsatib, urib jarohat etkazganlar.

J.S. va H.S. qo`lga olingan. Jarohat olgan IIB xodimlariga tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1