1

Oqdaryoda shifokorning noqonuniy "biznesi" oshkor etildi

Jinoyat 28.05.2018, 13:03
Oqdaryoda shifokorning noqonuniy "biznesi" oshkor etildi

Camarqand viloyati Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko`p tarmoqli markaziy poliklinika ruhiy kasalliklar bo`limida ishlagan Umid Bahodirov qing`ir ishga qo`l urdi.

U.Bahodirov dastlab tuman ruhiy kasallar ro`yxatida turuvchi fuqaro Z.T.ni Urgut tumanidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yuborish jarayonida uning yonidagi 20 dona «fenobarbital» psixotrop moddalarini aldov yo`li bilan o`zlashtirgan. Ushbu psixotrop moddalarni fuqarolar H.B. va N.T.larga noqonuniy ravishda sotib, daromad ko`rdi.

Keyinchalik «uddaburon» shifokor ushbu xaridorlarga yana 10 dona psixtrop moddasini etkazib beradi.

Mo`may daromad U.Bahodirovning nafsining yanada hakalak otishiga sabab bo`ldi. U ruhiy kasal fuqaro Z.T.ga shifokor ko`rsatmasi asosida berilgan 12 dona psixotrop moddasini uning onasi ishonchiga kirib, qo`lga kiritadi.

Sharafli kasbi nomiga dog` tushirgan bu kimsaning jinoyati uzoq davom etmadi va huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan fosh etildi.

"Zarafshon" nashri xabariga ko`ra, U.Bahodirovga sud hukmi bilan tegishli jazo tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1