1

Kattaqo`rg`onda qo`shnisining qizini vaxshiylarcha o`ldirgan ayol 15 yilga qamaldi

Jinoyat 28.05.2018, 16:05
Kattaqo`rg`onda qo`shnisining qizini vaxshiylarcha o`ldirgan ayol 15 yilga qamaldi

Gulsanam va Mavluda (ismlari o`zgartirilgan) Kattaqo`rg`on tumanining “Moybuloq” mahallasida yashardi. Yon qo`shnilarning orasida so`nggi paytlarda rashk tufayli janjallar ko`payadi. Gap shundaki, Mavludaning eri vafot etib, u ikki farzandi bilan beva qoladi.

Gulsanam eri Ahmadni unga rashk qila boshlaydi. Ustiga-ustak xo`jayinining uni urishi Mavludaga nisbatan hasad va rashkini oshirardi.

Bir kuni Gulsanam o`zining kenja o`g`li bilan do`konga borayotib erini ko`rib qoladi.

— Uyga qayt, ro`zg`orga keraklisini o`zim olib boraman, - deb buyuradi Ahmad xotiniga.

— Qaytmayman, - deya o`rlik qiladi xotini.

Ahmad rafiqasi so`zini ikki qilgani uchun unga tarsaki tushirib, majburlab uyga olib kiradi va uni do`pposlaydi.

Ikki kun o`tib, Ahmad ishga, Nozima maktabga ketgach, uyida kenja qizi Nigina qolganiga qaramay Gulsanam araq ichib o`zini unutgisi keladi.

Ayolning kayfi oshgach, alam alangasi yonadi. Ko`zguga boqib u aksida yuzi, bo`yni, oyog`i ko`kargan tahqirlangan ayolni ko`radi.

Shu payt to`satdan Mavludaning qizi – Gulnigor uyiga kirib keladi. U Gulsanamning kenja qizi bilan sinfdosh edi. “Xolajon, sizga nima bo`ldi?” deya so`raydi qizaloq qo`shnisining ko`karib ketgan badanini ko`rib.

Beg`ubor bolaning savoli Gulsanamning g`azabini keltiradi. U xonadagi boltani olib qizga hujum qiladi. Birinchi zarbadan so`ng Gulnigor hushini yo`qotib erga yiqiladi. Ayol yana bir necha bor begunoh bolaning tanasiga bolta uradi. Gulnigor zarbalardan joyida halok bo`ladi.

Bir oz vaqt o`tib, qilgan ishidan qo`rqib ketgan Gulsanam katta qizi Nozima bilan jasadni qishloq chetidagi axlatxonaga olib borishdi. Uning portfeli va kiyimini hojatxonaga tashlashdi. Qotil qiziga bo`lgan voqea haqida hech kimga hech nima demasligini uqtirdi.

Mavluda qizi yo`qolib qolganidan xavotirga tushdi. Mahalla faollaridan boshlab ichki ishlar xodimlarigacha – barcha oyoqqa turdi. Bir hafta davomida qizaloqning barcha tanishlari, o`qituvchilari va maktab direktori so`roq qilindi. Ichki ishlar xodimlari bilan suhbatda Mavluda qizi qo`shnisining farzandi bilan do`st bo`lgani, ularnikiga tez-tez mehmonga borib turganini aytdi.

Ichki ishlar xodimlari Gulsanam hovlisidagi hojatxonada portfel va o`ldirilgan qizaloqning kiyimlarini, axlatxonada esa Gulnigorning maydalangan jasadini topishdi.

Gulsanam aybini tan oldi. Sud hukmi bilan u 15 yil 3 oy qamoq jazosini oldi.

Yormamat RUSTAMOV,
"Zarafshon" nashridan olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1