1

Farg`onada o`quvchi haydovchiga pichoq urib, avtomobilni olib qochdi

Jinoyat 29.05.2018, 15:54
Farg`onada o`quvchi haydovchiga pichoq urib, avtomobilni olib qochdi

Farg`onada o`quvchi haydovchiga pichoq bilan tahdid qilib, avtomobilni olib qochgan, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 28 may kuni noma`lum shaxs Bozorboshi ko`chasida yashovchi I.A. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinaga yo`lovchi sifatida o`tirib, Farovonlik ko`chasiga etib kelganida noma`lum shaxs haydovchi I.A.ning o`ng qo`l kaft va bo`yin qismiga pichoq bilan urib tan jarohati etkazib, uni avtomashinadan tushirib yuborib, avtomashinani noma`lum tomonga haydab qochgan.

Natijada I.A. kasalxonaga yotqizilgan. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Sayilgoh ko`chasida yashovchi 6-sonli o`rta maktabning yuqori sinf o`quvchisi J.T. sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Farg`ona shahrida haydab ketayotganida ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1