1

YPX xodimiga bo`ysunmagan avtomashina o`g`risi 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat 31.05.2018, 09:41
YPX xodimiga bo`ysunmagan avtomashina o`g`risi 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

"70 Z 578 DA" davlat raqamli "Matiz" rusumli avtomashinaning olib qochilgani haqidagi xabar bir zumda barcha YPX postlariga kelib tushdi, deb yozadi Toshkent shahar IIBB axborot-multimedia markazi.

Barcha nazoratchilar qatori YPX brigadasining 3-divizioni mobil guruhi inspektori — safdor Dilshod Jo`raev «Nazarbek» postidan o`tayotgan mashinalarni sinchiklab tekshirar ekan, qidiruvdagi mashinani darrov payqadi va unga to`xtash buyrug`ini berdi.

Biroq YPX xodimiga bo`ysunmagan jinoyatchi tezlikni oshirib, harakatni davom ettirdi. Shunda inspektor avtomobil kapot ustiga o`zini otadi, biroq sodir etgan jinoyatining jazosidan qo`rqqan qonunbuzar mashina rulini turli tomonga burib, xodimdan qutilmoqchi bo`ladi. Mashinaning qisqa burilishlari oqibatida yiqilib tushgan xodim esa tan jarohatini oldi. Jinoyatchi boshqa xizmatdoshlar tomonidan qo`lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan, Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan muqaddam sudlangan, 1985 yilda tug`ilgan Sh.Shukurga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, sud tomonidan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1