AsosiyJamiyat

Ilg`or texnologiyalar markazida “ochiq eshiklar kuni”

'Ilg`or texnologiyalar markazida “ochiq eshiklar kuni”'ning rasmi

Ilg`or texnologiyalar markazi yurtimiz OAV vakillarini o`z faoliyati va yangi texnologiyalar bilanyaqindan tanishtirish maqsadida markazga taklif qildi. Buni jurnalistlar qiziqish bilan qabul qilishdi. Chunki murakkab va jiddiy laboratoriya amaliyotiga ularni har kun ham taklif etishmaydi-da...

Ma`lumki, 2018 yilning 19 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoev "O`zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg`or texnologiyalar markazini tashkil qilish to`g`risida"gi 3674-sonli qarorini imzolangandi. Unda ilmiy va innovasion faoliyatning rivojlanishini faollashtirish, fan, ta`lim va ishlab-chiqarishning yanada keng integrasiyasini ta`minlash, yangi bilimlarni yaratish va ko`llash, ilg`or innovasion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalarni ishlab-chiqish va joriy etishda ilmiy-innovasion salohiyatdan va ilmiy laboratoriya bazasidan samarali foydalanish bo`yicha sharoitlar yaratish vazifasi belgilab berilgandi.

Shundan so`ng, sohada ancha-muncha ishlar amalga oshirildi va Ilg`or texnologiyalar markazi direktori, biologiya fanlari doktori Shaxlo Turdiqulova hamda markazning yosh, ilg`or fikrli faol olimlari jamoasi jurnalistlarni markaz bilan tanishtirishar ekan, ularga bir kunga o`zlarini olim deb his qilishlariga imkon ham berishdi.

Ilg`or texnologiyalar markazida "Biotexnologiya", "Mikrobiologiya", "Biofizika", "Lazer" stansiyalarida bo`lgan ommaviy axborot vositalari xodimlari turli laborotoriya ishlarida ishtirok etishdi.

Qon tahlili o`tkazish istagini bildirgan jurnalistlar qondan DNKni ajratib, uning tahlili asosida insonning gipertoniyaga genetik moyilligini aniqlash, oksidativ stress darajasini aniqlash, og`iz bo`shlig`idan tahlillar olib, uning mikroflorasini o`rganish, qattiq metalni lazer yordamida teshish kabi laboratoriya ishlarida faol ishtirok etishdi.

Tadqiqot so`nggida barcha jurnalistlar tabiat qo`yniga seysmorazvedkaga yo`l oldik. Bu erda seysmik faollik imitasiya qilindi.

Darvoqe, Ilg`or texnologiyalar markazidagi ayrim texnik qurilmalar O`zbekistonda yagona. Markaz rahbariyati va xodimlari ilgari begonalar umuman kiritilmagan laboratoriyalarga jurnalistlarni taklif etib, yangiliklarga, o`zgarishlarga, yangi hamkorliklarga tayyorliklarini namoyon etishdi.

Bundan tashqari Ilg`or texnologiyalar markazi tabiiy fanlar sohasida texnologik platforma vazifasini ham bajaradi. Markaz bilimlar va g`oyalarni birlashtirish, iqtidorlarni kashf etish va investisiyalarni jalb qilish bilan ham shug`ullanadi. Shahlo Turdiqulovaning ta`kidlashicha, markazningvazifasi dunyoda O`zbekistonning raqobatbardoshligini oshirish, mamalakat sanoati rivojiga hissa qo`shadigan innovasiyalar va texnologiyalar, kreativ g`oyalarni amalga oshirish uchun sharoit yaratishdan iborat.

Dilfuza SOBIROVA



    Boshqa yangiliklar