GM Uzbekistan AJ Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Asaka avtomobil zavodida ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun ijtimoiy hayriya tadbiri tashkil etdi.
Andijon viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar shaharchasining tarbiyalanuvchilari uchun o`tkazilgan tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad bolalarni mamlakatimizning eng yirik korxonalaridan biri bo`lgan zavoddagi avtomobil ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishtirish va bu orqali ularning kelgusida bilim olishga bo`lgan ishtiyoqini oshirishdan iborat bo`ldi.

Bugungi kunda Asaka avtomobil zavodida Bolalar shaharchasining sobiq tarbiyalanuvchilari faoliyat yuritayotganiga guvoh bo`lgan bolajonlarning bu erda ishlashga bo`lgan ishtiyoqini yanada oshirdi.
Zavod rahbariyati bolalarni bayram bilan tabriklab, ularning kelajakda yuksak bilim cho`qqilarini zabt etib, kelgusida o`zlarining qatorlarida ko`rishdan mamnun bo`lishlarini izhor etishdi.

Tadbir so`nggida zavodning kichik mehmonlari uchun bayramona dasturxon hamda teatr tomoshasi tashkil etilib, esdalik sovg`alari topshirildi. Tadbir bolajonlarga ko`tarinki kayfiyat ulashdi.






