AsosiyJamiyat

"Lasetti" rusumli avtomashina boshqaruvini eplay olmagan 16 yoshli yigit uchta avtomashina bilan to`qnash keldi, qurbonlar bor

'"Lasetti" rusumli avtomashina boshqaruvini eplay olmagan 16  yoshli yigit uchta avtomashina bilan to`qnash keldi, qurbonlar bor'ning rasmi

1 iyun kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Oqibatda 4 kishi halok bo`ldi, yana 5 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarga ko`ra, Sh. U. ismli 16 yoshli fuqaro hech qanday hujjatlarsiz “Lasetti” rusumli avtomashinasini Bog`ishamol-2 mahallasi hududida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan. Natijada qarshisidan kelayotgan S. M. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir bo`lgan. S. M. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasi esa yo`l chetida to`xtab turgan, Yu. U. boshqaruvidagi yana bir “Neksiya” avtomashinasiga borib urilgan.

Mazkur yuz bergan baxtsiz hodisada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi Sh.U., “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi S.M. va uning 2 nafar yo`lovchilari olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, S.M. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasidagi 3 nafar yo`lovchi, Yu.U. boshqaruvidagi yo`l chetida turgan “Neksiya” avtomashinasi salonidagi 1 nafar yo`lovchi hamda “Lasetti” avtomashinasining 1 nafar yo`lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan

    Boshqa yangiliklar