AsosiyJamiyat

Byudjet tashkilotlarda 2018 yil ish yili uchun mehnat ta`tili qanday tartibda beriladi?

'Byudjet tashkilotlarda 2018 yil ish yili uchun mehnat ta`tili qanday tartibda beriladi? 'ning rasmi

Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq 2018 yildan boshlab rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanganligi va yillik mehnat ta`tili muddati ushbu kunlarga kamaytirilishi belgilangan edi.

Shuni hisobga olgan holda yillik mehnat ta`tili vaqtida saqlanib qolinadigan o`rtacha ish haqi miqdorini aniqlash, shuningdek foydalanilmagan mehnat ta`tili uchun pullik kompensasiya to`lovini hisoblab chiqish tartibi ishlab chiqilgan.

Unga ko`ra mehnatga vaqtbay, ishbay va tarifsiz tizimlarida mehnat ta`tili vaqtida xodimning saqlanib qolinadigan o`rtacha ish haqi miqdorini hisoblash uchun qabul qilingan tarif stavkani tashkilotda 6 va undan ortiq oy ishlagan xodimlarning tarif stavkasidan ortiq bo`lgan barcha to`lovlarni, shu jumladan ishbay qo`shimcha haqning tegishli qismiga oshirish orqali aniqlanadi.

Shu bilan birga, Yo`riqnomada mehnat ta`tili berilganda, uni muddatini hisoblash tartibi berilgan.

Masalan, 2018 yilda mehnat ta`tilining birinchi kuni:

  • 3 yanvardan 21 martgacha bo`lgan davrga to`g`ri kelsa xodimlarning mehnat ta`tili muddati – 1 ish kuniga;
  • 21 martdan 1 sentyabrgacha bo`lgan davrga to`g`ri kelsa xodimlarning mehnat ta`tili muddati – 2 ish kuniga;
  • 1 sentyabrdan 2018 yilning oxirigacha bo`lgan davrga to`g`ri kelsa xodimlarning mehnat ta`tili muddati – 3 ish kuniga kamayadi.

Mazkur talablar byudjet tashkilotlari xodimlariga nisbatan qo`llanilishi majburiy hisoblanadi, byudjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarning xodimlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega.

    Boshqa yangiliklar