AsosiyJamiyat

Toshkentda bedarak yo`qolgan 17 yoshli Yosinxon qori topildi

'Toshkentda bedarak yo`qolgan 17 yoshli Yosinxon qori topildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Yosinxon qori 2018 yil 27 may kuni tong sahar Chilonzor 5-mavzeda yashab turgan uyidan chiqib ketgani holda qaytib kelmagani haqida xabar tarqalgan edi.

Otasi Abdulbosit qorining aytishicha, o`g`li Toshkent transport kollejining birinchi kursida tahsil olgan. Yosinxon qori 2001 yilda tavallud topgan bo`lib, endi 17 yoshni to`ldiradi.

«Abdulbosit qorining aytishicha, u rafiqasini farzandi Andijonga ketgan bo`lishini gumon qilib, o`sha yoqqa yuborgan. Biroq u erdagi tanishlari, yaqinlarining hech birining uyida Yosinxon qori bo`lmagan.

Abdulbosit qori 29 may kuni Chilonzor tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan», — deyilgan edi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Bugun, oradan 8 kun o`tgach bola topilgani haqida xabar berildi.

    Boshqa yangiliklar