AsosiyDunyo

Gvatemalada vulqon harakatga keldi

'Gvatemalada vulqon harakatga keldi'ning rasmi

Gvatemalada Fuego vulqoni harakatga keldi, deya xabar bermoqda Segodnya nashri.

Tabiiy ofat natijasida jarohat olganlar va qurbonlar bor.

Vulqonning faollashishi tufayli ko`plab talofatlar bor. Mazkur hodisa oqibatida 25 kishi halok bo`ldi.

Bundan tashqari, yuzlab odamlar jarohat olgan. Ular orasida bolalar ham borligi ma`lum qilinmoqda. Hukumat bir nechta aholi punktlarida xavfning eng yuqori – qizil darajasini e`lon qildi. Hozirga kelib, 3 mingdan ko`proq odam evakuasiya qilingan.

– Biz falokatga yaqin hududda edik. Favqulodda holat e`lon qilingach, to`s-to`polon boshlandi. Shundan so`ng men bir necha yaqinlarimni yo`qotib qo`ydim. Hozircha ular halok bo`lganmi yoki yo`qmi, bilmayman, – dedi jabrdiydalardan biri.

    Boshqa yangiliklar