AsosiyJamiyat

Faqat bir kun: onlayn notarius aksiyasi o`tkaziladi

'Faqat bir kun: onlayn notarius aksiyasi o`tkaziladi'ning rasmi

6 iyun kuni kun davomida Adliya vazirligi mutaxassislari onlayn tarzda yoki elektron pochta orqali aholining notariat sohasidagi savollariga javob beradi.

Notariat sohasidagi savollarni 5 iyun kuni soat 18:00 dan @notariusgasavolbot orqali yo`llash mumkin bo`ladi.

6 iyun soat 15:00 da esa Adliya vaziri o`rinbosari Akbar Toshkulov “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustisiey” sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning umumlashtirilgan va tasniflangan savollariga javob beradi.

Savollar 80 ta so`zdan oshmasligi, notariat sohasiga oid (bitimlarni rasmiylashtirish, davlat bojlari va x.k) bo`lishi lozim.

Ushbu talablarga javob bermaydigan savollar ko`rib chiqilmaydi.

    Boshqa yangiliklar