AsosiyJamiyat

Faol tadbirkorlar haqida yangi tanlov!

'Faol tadbirkorlar haqida yangi tanlov!'ning rasmi

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini, shu jumladan, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirishda, faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovasion, ilg`or texnologiyalar asosida shakllantirishda boshqalarga o`rnakbo`layotgan, zamonamiz qahramonlari bo`lmish ishbilarmon, tadbirkor, fermerlar siymosini badiiy asarlar, publisistik maqolalar hamda teleko`rsatuvlar va radioeshittirishlar orqali yaratishga chog`langan ijodkor qalamkashlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Tanlov:

“Eng yaxshi badiiy asar”;

“Eng yaxshi publisistik maqola”;

“Eng yaxshi videorolik” yo`nalishlarida o`tkaziladi.

Har bir yo`nalishda l, 2, 3-o`rin g`olib va sovrindorlari aniqlanadihamda ularga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi:

1-o`rin g`olibiga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida.

2-o`rin g`olibiga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida.

3-o`rin g`olibiga eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida.

Shuningdek, “Yosh tadbirkor obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun”, “Zamonaviy tadbirkor ayol obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun” nominasiyalari bo`yicha rag`batlantiruvchi mukofotlar ta`sis etilgan.

Axborot hamkorlarimiz: O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,*O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, shuningdek, ommabop internet nashrlari.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2018 yilning 1 noyabriga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Toshkent shahri, Nukus ko`chasi, 73-A uy,O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi.

Murojaat uchun telefonlar:

(0371) 255-29-91, 254-01-22

Elektron pochta: tanlov@uzlidep.uz.

Tanlov g`olib va sovrindorlari 2018 yil 8 dekabr — O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida e`lon qilinadi.

Tanlovga doir barcha qo`shimcha ma`lumotlar bilan uzlidep.uz veb-saytida batafsil tanishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar