AsosiyJamiyat

O`zbekiston ichki bozorda engil avtomashina narxlarini oshirmaydi

'O`zbekiston ichki bozorda engil avtomashina narxlarini oshirmaydi 'ning rasmi

O`zbekiston ichki bozorida «GM Uzbekistan» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan engil avtomashinalarning narxlarini ko`tarish rejalashtirilmayapti. Bu haqda «Sputnik» xabar bermoqda.

«O`zavtosanoat» kompaniya rahbari Umidjon Salimovning so`zlariga ko`ra, «GM Uzbekistan» tomonidan ishlab chiqarilgan avtomashinalar narxi 8 oy davomida o`zgarmagan.

«Biz ichki bozorda narxlarni ko`tarish tarafdori emasmiz. Avtomashina – bu nozik mahsulot. Uning narxi ko`tarilishi butun iqtisodiyotga keskin ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun hozircha narx ko`tarilishini rejalashtirmayapmiz», - deb izoh berdi Salimov.

«O`zavtosanoat» rahbari so`zlariga ko`ra, hozirgi vaqtda kompaniya xorijiy bozorlar narxlarini o`rganmoqda va bu ish bir oyga yaqin vaqtni olishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, «GM Uzbekistan» eng asosiy eksport bozorlari bu — Rossiya va Qozog`iston hisoblanadi, ushbu davlatlarga avtomashinalar Ravon brendi ostida eksport qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar