AsosiyJamiyat

BMT tomonidan Orolni qutqarish bo`yicha transjamg`arma tuziladi

'BMT tomonidan Orolni qutqarish bo`yicha transjamg`arma tuziladi'ning rasmi

Bu haqda Toshkent shahrida o`tayotgan Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumida ishtirok etayotgan BMT Bosh kotibining inson xavfsizligi bo`yicha maslahatchisi Yukiyo Takasu ma`lum qildi, deb yozadi O`zA.

Uning so`zlariga ko`ra, ayni vaqtda bu jarayon boshlangan.

– Bugun Orol dengizini qutqarish va uning havzasida yashovchi xalqlar turmush darajasini yuksaltirish borasida keng miqyosda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu borada BMTning maxsus dasturlari qabul qilingan. Shunga qaramay, Orol bilan bog`liq ekologik muammolarni bartaraf etish bo`yicha olib borilayotgan ishlar etarli emas. Mazkur forumda Orolni qutqarish borasida yanada samarali choralarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishga bel bog`laganimiz shuning vajidan, – dedi Yukiyo Takasu.

    Boshqa yangiliklar